Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Aka-uka Zafar, Ilhom va Dilshod Ismoilovlar Moskvada “Plov nomer 1” (“Birinchi raqamli palov”) MChJ kompaniyasini ochib, palov yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Index.uz xabar berdi.

Foto: rbc.ru

Foto: rbc.ru

“Sharqda shunday an’ana bor: erkaklar ko‘pincha haftaning payshanba kunlari osh yeb, dono fikrlar bilan bo‘lishish uchun yig‘iladi, — dedi Ilhom Ismoilov. — Biz Moskvada ham bu haqda unutib qo‘ymadik”.

“Plov №1” internet-restorani 2013-yil noyabrida ishlay boshladi. O‘sha paytda taomnomada 1 porsiya osh va somsadan iborat yagona variant mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda undan uch turdagi osh o‘rin oldi. Bular klassik o‘zbekcha palov, bayram palovi (mayiz va zira qo‘shilgan) hamda vegetariancha palov, shuningdek sabzavotlardan assorti va o‘zbekcha obinondir.

Foto: rbc.ru

Foto: rbc.ru

Restoran asoschilarining ta’kidlashicha tez orada sharqona shirinliklar, salatlar va somsalar hisobiga taomnoma yanada rang-barang bo‘ladi.

Hozirda “Plov №1” kuniga o‘rtacha 1,7 ming rubllik 50 ta buyurtma qabul qilmoqda. Aka-uka Ismoilovlar yil oxirigacha ushbu ko‘rsatkich kuniga 100 ta buyurtmagacha yetishini prognoz qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi