Nikneymi Games Haya bo‘lgan yaponiyalik geymer Super Mario o‘yinining ikkinchi qismi taqdim etilganidan 26 yil o‘tib, unda avval ma’lum bo‘lmagan yangi usulni topdi. Bu haqda LookAtMe ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Yangi kashf qilingan usul siri o‘yinning World 5-2 bosqichidan o‘rin egallagan ekan. Unga ko‘ra, agar o‘yindagi ikkita toshbaqaning ustida sakrayverilsa, Marioga qo‘shimcha jonlar taqdim etiladi. Bu esa toki o‘yinchi sakrashni to‘xtatgunicha davom etaveradi.Eslatib o‘tamiz, Super Mario Bros. o‘yini 1985-yilda e’lon qilingan, uning ikkinchi qismi esa Yaponiyada 1988-yilda taqdim etilgan. O‘yin qaxramonlarining nomlari Mario, Luidji, Pitch va Toad bo‘lgan.
Izoh (0)