Yo‘qolib qolgan Gollivud aktrisasi Misti Apxem Vashington shtatida o‘lik holda topilgan. Bu haqda “TASS” agentligi xabar bermoqda.
Shaxsni aniqlashtirish tekshiruvi hali o‘tkazimagan, biroq jasadning sumkasidan Apxemning hujjatlari topilgan. “Avgust” filmi orqali mashhur bo‘lgan aktrisani so‘nggi marta 5-oktabr kuni ko‘rishgan.
Qarindoshlar va tanishlar bir hafta davomida uni qidirgan, shundan keyin 32 yoshli aktrisaning otasi politsiyaga murojaat qilgan. Otasi qizining so‘nggi vaqtlarda tushkun kayfiyatda yurib, ketishi haqida g‘alati gaplar aytganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)