Belorussiya poytaxti Minsk shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollaridan iborat turnir davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan Shonig‘mat Shofayziyev juftliklar bahsida chorak finalga chiqdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Shofayziyev mezbonlar vakili Andrey Vasilevskiy bilan birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan. Ular 15-oktabr kuni rossiyalik tennischilar — Anton Desyatnik va Ilya Shatskiydan 6:3, 5:2 hisobida ustun keldi. Raqib raketka ustalari ikkinchi setning sakkizinchi geymiga chiqishdan bosh tortdi.
Endi chorak finalda Shofayziyev va Vasilevskiy turkiyalik tennischilar tandemi Baris Erguden va Sem Ilkel bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Izoh (0)