2014-yilda dunyoda internetga ulangan taxminan 12 milliard dona yoki har bir kishi boshiga 1,7 dona qurilma ishlatiladi. Bu haqda Strategy Analytics tahlil kompaniyasi tadqiqotlarida aytiladi.
2020-yilga kelib internet-qurilmalarning soni 33 milliard dona — kishi boshiga 4,3 tagacha yetadi.
Tadqiqotda internetga ulanishi mumkin bo‘lgan barcha qurilmalar – smartfon, shaxsiy kompyuter, planshet, “aqlli” uy, smart-TV, internetga ulangan media-qurilmalar (o‘yin pristavkalari, mediapleyer) va ko‘tarib yurish mumkin bo‘lgan elektron qurilma (“aqlli” soat, fitnes-treker)lar hisobga olindi.
Shaxsiy kompyuter, smartfon va planshet kabi an’anaviy qurilmalar hozirda internetga ulangan va foydalanilayotgan barcha qurilmalarning uchdan bir qismiga yaqindir.
Qurilmalar sonining shiddat bilan o‘sishini analitiklar internet vositalarining quyidagi turkumlarida kuzatdi: mashinalararo o‘zaro ta’sir apparaturasi (M2M), “aqlli” buyumlar (“aqlli” soatlar), “aqlli” elektr ta’minot tarmoqlari (smart grid) va “aqlli” shaharlar. Ular hozirning o‘zidayoq dunyodagi internet-qurilmalarning deyarli yarmini tashkil qilmoqda. 2020-yilga kelib bu yo‘nalishlar internetga yana 17,6 milliard moslamani qo‘shish imkonini beradi.
“Ayni paytda buyumlar internetiga besh milliard qurilma ulangan, biz hozir mazkur inqilobning boshlang‘ich bosqichidamiz, — deb qayd etdi Strategy Analytics ma’ruzasining muallifi Endryu Braun. – ‘Aqlli’ shaharlar va ‘aqlli’ elektr ta’minot tarmoqlari yaqin kelajakda har bir insonning hayotiga ta’sir qiladigan ikki yo‘nalish hisoblanadi”.
Izoh (0)