Turli mojarolarga sabab bo‘lgan qiliqlari bilan tanilgan yosh qo‘shiqchi Jastin Biber bu safar Vatikandagi Sikstin kapellasida to‘p o‘ynadi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Otasi bilan Rimda dam olayotgan Biber Sikstin kapellasida yolg‘iz o‘zi aylanishi uchun 20 ming yevro to‘lagan. Vatikan tarixiy obidalarini tomosha qilib yurgan qo‘shiqchining qo‘lida doim futbol to‘pi bo‘lgan. U hatto Instagram’ga Sikstin kapellasi oldida to‘p bilan tushgan suratini ham joylashtirgan.
Sikstin kapellasi ichiga kirgach, Jastin o‘zini tutib turolmay, to‘pni bino dahlizlari bo‘ylab o‘ynay boshlagan. Bundan dahshatga tushgan va g‘azablangan italiyaliklar Instagram’da qo‘shiqchiga ularning mamlakatiga boshqa hech qachon kelmasligi kerakligini aytgan. Biber esa har doimgidek o‘zini go‘yoki hech narsa bo‘lmaganidek tutgan va hattoki uzr ham so‘ramagan.
Izoh (0)