37 yoshli qo‘shiqchi ko‘p farzandli ona bo‘lishni rejalashtirmoqda. Uning ta’kidlashicha, hozir u o‘ziga xos davrni o‘tkazmoqda va uni oilasiga bag‘ishlashni ko‘zlamoqda. Bu haqda “Segodnya” xabar beradi.
Shakira bor diqqat-e’tiborini bo‘lg‘usi onalik davriga, shuningdek, keyingi yilda chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan ispan tilidagi yangi albomiga qaratmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sevgilisi — futbolchi Jerar Pike xonandani qo‘llab-quvvatlab, unga g‘amxo‘rlik qilmoqda: “U (Pike) Milanni tarbiya qilishda faol ishtirok etmoqda. U har doim kerak bo‘lgan joyda va vaqtda yonimizda bo‘lib, undan so‘ralayotgan barcha iltimoslarni bajarmoqda. U yonimda bo‘lmaganida, men qay holatda bo‘lar edim, buni hatto tasavvur ham qilolmayman”.
Qo‘shiqchi ilk homiladorlik paytidayoq o‘z futbol jamoalarini yaratish uchun Jerar bilan sakkiz yoki to‘qqiz nafar farzandning ota-onasi bo‘lishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)