Myanmada davom etayotgan U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining “D” guruhida 3-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Iroq va KXDR yoshlari o‘rtasidagi hal qiluvchi uchrashuvda 2:1 hisobda ustun kelgan shimoliy koreyaliklar chorak finalga yo‘l oldi. Aslida bu jamoalar bir xil to‘rt ochkodan to‘pladi. Biroq musobaqa reglamentida o‘zaro o‘yinlarga e’tibor berilgani bois KXDR guruhni ikkinchi o‘rin bilan tugatdi.
Ikkinchi juftlikda Qatar Ummonni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi va yetti ochko to‘plab, guruhda birinchi o‘rin bilan chorak finalga chiqdi.
Izoh (0)