Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9—10-oktabr kunlari Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi. O‘zA xabariga ko‘ra, Minskka tashrif asnosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: “BelTA”

Foto: “BelTA”

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston – Belarus munosabatlari do‘stlik va hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanib bormoqda. Ikki mamlakatning mintaqaviy va xalqaro masalalarga qarashlari o‘xshash va yaqin. Tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasida muntazam maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilgan.
Belarus O‘zbekistonga Markaziy Osiyodagi asosiy iqtisodiy sheriklaridan biri sifatida qaraydi. Savdo ko‘lami yil sayin kengaymoqda. 2013-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 193,5 million AQSh dollarini tashkil etdi. O‘zbekistondan Belarusga eksport qilinadigan paxta tolasi, to‘qimachilik sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, avtomobillar miqdori muttasil oshmoqda. Belarusdan O‘zbekistonga og‘ir yuk tashuvchi avtomobillar va traktorlar import qilinadi. Ayni paytda mamlakatlarimiz birjalari, savdo-sanoat palatalari, yirik ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida bevosita hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muloqotlar davom etmoqda.
Suhbat chog‘ida o‘zaro munosabatlarda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar ustuvor ekani, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Belarus hukumatlararo qo‘shma komissiyasining faoliyatini kengaytirish bu sohadagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Belarus madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor bermoqda. Xususan, ikki mamlakatning madaniyat va san’at namoyandalari O‘zbekiston va Belarusda tashkil qilinadigan yirik xalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok etib keladi. O‘zbekiston vakillari “Slavyanskiy bazar v Vitebske” xalqaro san’at festivalida, belaruslar “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida faol qatnashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar