O‘zbekiston Xalq banki 2014-yil oxirigacha qo‘shimcha 3500 ta to‘lov terminalini o‘rnatib, 370 mingta bank plastik kartasi muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xalq bankining plastik kartalar asosidagi to‘lov tizimini rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Xurshid Utapovga asoslanib UzReport xabar berdi.
Respublika bo‘ylab 198 ta tuman va shahar filiallariga ega Xalq banki shu paytgacha 2 milliondan ortiq bank plastik kartalarini muomalaga chiqargan bo‘lib, ulardan 1 milliondan ortig‘i onlayn kartalardir. Bundan tashqari, aholisi ko‘p joylarda, bozorlarda, korxonalarda 74 ta ma’lumot shahobchasi (infokiosk) va 21 ta bankomat o‘rnatilgan.
Xabarda aytilishicha, 2014-yil boshidan Xalq banki plastik kartalari hisoblariga o‘tkazilgan oylik maosh va nafaqa pullari 1 trillion 700 milliard so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,6 martaga ko‘pdir. Joriy yil boshidan beri Xalq banki tomonidan 22 559 to‘lov terminallari o‘rnatilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgidan 3625 taga ko‘p demakdir.
Izoh (0)