Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli FIDE Gran-prisi davom etmoqda. Bugun musobaqada 6-tur partiyalari o‘ynaldi. Quvonarlisi, turnirda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Rustam Qosimjonov nihoyat ketma-ket beshta durangdan so‘ng ilk g‘alabasini tantana qildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Oq donalarda musobaqa autsayderi rossiyalik Dmitriy Andreykin bilan munosabatlariga oydinlik kiritib olgan hamyurtimiz raqibini mot qilishga muvaffaq bo‘lgan. Yettinchi tur oldidan Qosimjonov 3,5 ochko bilan ozarbayjonlik Teymur Rajabov bilan 3-4-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.
6-tur natijalari
Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) – Dmitriy Andreykin (Rossiya) 1:0
Fabiano Karuana (Italiya) – Petr Svidler (Rossiya) 1:0
Aleksandr Grishuk (Rossiya) – Teymur Rajabov (Ozarbayjon) 0:1
Lener Dominges (Kuba) – Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) 0,5:0,5
Yevgeniy Tomashevskiy (Rossiya) – Xikaru Nakamura (AQSh) 0,5:0,5
Sergey Karyakin (Rossiya) – Boris Gelfand (Isroil) 0,5:0,5
Turnir jadvalidagi holat: Karuana - 4,5 ochko, Gelfand - 4, Rajabov, Qosimjonov, Nakamura - 3,5, Tomashevskiy, Karyakin, Svidler - 3, Dominges - 2,5, Grishuk, Mamadiyarov - 2, Andreykin - 1,5.
Izoh (0)