“Everton” va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Garet Berri Yevropa ligasi doirasida “Krasnodar”ga qarshi kechgan bahs haqida fikr bildirar ekan, Ari va Odil Ahmedovning o‘yiniga alohida e’tibor qaratdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Bu juda og‘ir o‘yin. Biz ‘Krasnodar’ning o‘yinini o‘rganib, og‘ir uchrashuvga tayyor turgandik. Ammo birinchi bo‘limda raqib bosimiga dosh berish juda og‘ir bo‘ldi.
‘Krasnodar’da kimni ajratib ko‘rsata olaman? Raqib tarkibida 9-raqamli (Ari) va 10-raqamli (Odil Ahmedov) futbolchilarni alohida ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim. 10-raqamli futbolchi himoyada ham, hujumda ham birdek ajoyib harakat qildi. ‘Krasnodar’ hujumchisi esa bugun yaxshi gol kiritdi va bizga ko‘p muammolar paydo qildi. Bunday o‘yinda hisobni tenglashtirib, durangga erishganingdan xursand bo‘lasan”, — dedi Garet Berri.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa ligasi doirasidagi “Krasnodar” — “Everton” uchrashuvi 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tib, 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Izoh (0)