LG Electronics kompaniyasining so‘nggi yetakchi G3 smartfoni butun jahonda “aqlli” texnologiyalarni foydalanuvchiga qulay shaklda yetkazib beradigan eng ishonchli va tezkor smartfon sifatida shuhrat qozondi. G3 dizayni, shuningdek, estetik jozibador korpusida ko‘plab imkoniyatlarni birlashtirganligi bois tanqidchilarning maqtoviga sazovor bo‘ldi.
Ekran smartfon old yuzasining 76,4% ini egallaydi, ammo atrofidagi nozik ramkalari tufayli ekran ancha katta ko‘rinadi. Bir kvadrat dyuymga piksellar zichligi 538 ppi bo‘lgan 2560x1400 lik yechim bugungi kun smartfonlari ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Displey juda ulkan yorqinlik zaxirasiga ega, ko‘rish burchaklari maksimal; ekranni diagonal bo‘yicha qiyshaytirsa ham kartina ranglari yoki tiniqligi mutlaqo o‘zgarmaydi.
Ekran o‘lchamini hisobga olgan holda, smartfon ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchilar undan to‘liq foydalana olishlari uchun imkon beradigan batareya haqida ham bosh qotirgan. Shu bois G3 ning 3000 mAch sig‘imga ega almashinuvchi akkumulyatorining katodidagi metall grafit bilan almashtirildi. Bu bilan LG muhandislari uning ishlash muddatini uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada, o‘ta yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan Quad HD displeyi bilan baravar qadam tashlashi mumkin bo‘lgan, kunning o‘rtasida quvvat olishiga ehtiyoj sezilmaydigan akkumulyator yuzaga keldi.
Smartfon Snapdragon 801 (MSM8974AC) platformasiga asoslangan, Krait 400 arxitekturali to‘rt yadroning har biri 2,3 emas, balki 2,5 GGs li maksimal chastotada ishlashi mumkin.
Grafika bilan ishlashga avvalgidek qo‘shimcha protsessor Adreno 330 mas’ul, ammo uning takt chastototasi 450 dan to 578 MGs gacha oshirilgan. Aynan u asosiy protsessorga “og‘ir” 3D-o‘yinlarini uddalashga yordam beradi.
Izoh (0)