2014-yilning 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York shahrida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati.
Suhbat chog‘ida vazirlar O‘zbekiston — Turkiya munosabatlarinig hozirgi ahvoli va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi hamda turli darajadagi ikki tomonlama aloqalar jadvalini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston tomoni 2015—2016-yillarda BMTning Xavfsizlik kengashi doimiy bo‘lmagan a’zoligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovda Turkiya nomzodini qo‘llab-quvvatlashini rasman tasdiqladi.
Shuningdek, uchrashuvda xalqaro va mintaqa siyosatining ayrim muammolari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.
Izoh (0)