“Parol” nashri 21-sentabr holatiga ko‘ra “Abu Saxiy” bozorida sotilayotgan Samsung planshetlarining narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra eng qimmat Samsung plansheti Galaxy Note Pro deb topildi. Ushbu planshet 2 250 000 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu planshetda 12,2 dyuym, 1600×2560 pikselli displey, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira (+MicroSD), 2 megapikselli old va 8 megapikselli orqa kamera, 2,3 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Snapdragon 800 va Adreno 330 grafika protsessori, 9 500 mA·soat quvvatga ega batareya, o‘rnatilgan.
Uning o‘lchamlari 295,6×204×7,95 millimetrni, og‘irligi esa 750 grammni tashkil etadi. U Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.
Nashrning ta’kidlashicha, “Abu Saxiy” bozorida Apple qurilmalari sotuvda deyarli yo‘q. Apple planshetlarining “Fleshka” savdo majmuasida sotilayotgan narxlari bilan esa ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, “Abu Saxiy” bozorida sotilayotgan Samsung planshetlarining narxlari haqida “Parol” nashrining ushbu sahifasida batafsil o‘qishingiz mumkin.
Izoh (0)