O‘zbekistonda har 100 kishidandan 66 nafari mobil aloqa abonenti hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ma’lumotiga tayanib UzDaily xabar bermoqda.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, statsionar telefon aloqasidan foydalanish bo‘yicha O‘zbekistonda har 100 kishiga 7 birlik to‘g‘ri keladi. Internetdan foydalanuvchi abonentlar bo‘yicha esa har 100 kishiga 36,52 birlik to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, .UZ hududidagi domen nomlari soni 18 419, davlat axborot tizimlari va resurslari soni − 433, elektron raqamli imzo kalitlari soni −696 582, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali e-xizmatlar soni − 220, statistika hisobotlarini elektron shaklda topshiruvchi subyektlar ulushi − 93%, soliq hisobotlarini elektron shaklda topshiruvchi tadbirkorlik subyektlar ulushi − 98% va bojxona yuk deklaratsiyalarini elektron shaklda topshirish 98 foizga yetgani ma’lum qilindi.
Izoh (0)