O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlari “B” guruhida yetti ochko jamg‘arib, to‘plar nisbatiga ko‘ra, Gonkong terma jamoasini ortda qoldirdi va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Shu tariqa Mirjalol Qosimov shogirdlari nimchorak finalda “A” guruhi vakili Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.
“A” guruhida esa birinchi o‘rinni musobaqa mezboni — Janubiy Koreya terma jamoasi qo‘lga kiritdi va nimchorak finalda Gonkong bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Izoh (0)