Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o‘yinlarining tennis bahslarida bugun chorak final uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ayni daqiqalarda Denis Istomin sardorligidagi O‘zbekiston terma jamoasi mezbonlar — koreyalik tennischilarga qarshi kortga chiqmoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.
Birinchi bo‘lib kortga Farrux Do‘stov va Lim Yong Kyu chiqdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi 7:6(10:8), 6:3 hisobi bilan g‘alaba qozonib, O‘zbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Izoh (0)