Apple kompaniyasining iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlari uchun oldindan buyurtma qabul qilish ishlari boshlandi. Yangi iPhone smartfonlari 19-sentabrdan AQShda, yil oxirigacha esa 110 ta davlatda sotila boshlanadi. Mail.Ru sayti yangi iPhone 6 smartfonlarini oldindan buyurtma qilish narxlarini e’lon qildi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.
Quyida 16 Gb ichki xotiraga ega iPhone 6 gadjetlarining narxlarini o‘qishingiz mumkin. 64 va 128 gigabayt xotirali iPhone 6 gadjetlarining narxlarini esa suratdan ko‘rsangiz bo‘ladi.
AQSh
- iPhone 6 – 649 dollar;
- iPhone 6 Plus – 749 dollar.
Kanada
- iPhone 6 – 675 dollar;
- iPhone 6 Plus – 775 dollar.
Yaponiya (solig‘i bilan)
- iPhone 6 – 685 dollar;
- iPhone 6 Plus – 805 dollar.
Gonkong
- iPhone 6 – 720 dollar;
- iPhone 6 Plus – 825 dollar.
Avstraliya
- iPhone 6 – 790 dollar;
- iPhone 6 Plus – 910 dollar.
Singapur
- iPhone 6 – 790 dollar;
- iPhone 6 Plus – 920 dollar.
Rossiya
- iPhone 6 – 849 dollar;
- iPhone 6 Plus – 979 dollar.
Buyuk Britaniya
- iPhone 6 – 875 dollar;
- iPhone 6 Plus – 1000 dollar.
Germaniya
- iPhone 6 – 905 dollar;
- iPhone 6 Plus – 1035 dollar.
Fransiya
- iPhone 6 – 920 dollar;
- iPhone 6 Plus – 1050 dollar.
Yuqoridagi davlatlarda sotilayotgan iPhone 6 narxlari o‘sish tartibida joylashtirilgan. Undan ko‘rish mumkinki, eng arzon iPhone 6 smartfonlari AQShning o‘zida, eng qimmatlari esa Yevropada sotilmoqda.
O‘zbekistonda sotilayotgan Apple smartfonlari va planshetlarining 13-sentabr holatiga ko‘ra narxlari bilan ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)