Shahar arxitekturasi — nafaqat inshootlarning funksional tomonini aks ettiradi, balki ularning har biri bilan o‘ziga xos geometrik shakl va tuzilmasi uyg‘unlashtirishi orqali muhitni estetik jihatdan boyitadi. Ushbu fotogalereya Toshkent shahri markazining turli burchaklari va binolarning tik chiziqlaridan olingan suratlar orqali quyosh hamda soyalar bilan geometrik uyg‘unlik yaratishini ko‘rsatadi.
Suratlarda geometrik chiziqlar orqali Toshkent muhiti yangi, siz ilg’amagan jihatdan jonlanadi. Binolarning vertikal chiziqlari va ular orasidagi kontrast nafaqat zamonaviylik, balki tarixiy arxitekturaning ham o‘ziga xosligini ochib beradi.
Galereya shaharning har bir burchagi qanday qilib san’at va arxitekturaning birlashuvidan hosil bo‘lgani, inson va tabiatni o‘zida uyg‘unlashtirganini namoyish etadi. Suratlarga qarasangiz, Toshkent biz bilgandan ko‘ra chuqurroq va yanada betakrorligini sezamiz.
“Daryo” endilikda #Daryonigohida rukni orqali kundalik hayotimiz va uning qiziqarli, muammoli, dolzarb va e’tiborga molik lahzalarini fotosuratlar orqali o‘quvchilarga taqdim etib boradi.
Izoh (0)