Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining zamon talablari asosida rekonstruksiya qilingan bolalar bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agetnligi xabar bermoqda.
Binoning ochilishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda Islom Karimov rahnamoligida aholi, xususan, ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Yig‘ilganlar tubdan ta’mirlanib, 60 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘limning yangi binosi hamda bu yerda bemorlarni tez, samarali va sifatli davolash uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi B.Yusupov so‘zga chiqdi.
Izoh (0)