Sony kompaniyasi suv ostida ham tasvirlar olish xususiyatiga ega Xperia M2 Aqua smartfonini ishlab chiqardi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Xperia M2 Aqua kompaniyaning suv ostida tasvirlar olish xususiyatiga ega bo‘lgan ilk o‘rta darajadagi smartfoni hisoblanadi. Unda 4,8 dyuym 540×960 pikselli displey, 1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 400 protsessori, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira, 8 megapikselli kamera, 2300 mA·soat quvvatga ega batareya, Android 4.4 operatsion tizimi o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Sony kompaniyasining Xperia Z2 smartfoni yuqori xususiyatlarga ega va u olti hafta tuzli suv ostida qolib ketib ham ishlashda davom etmoqda. Umid qilish mumkinki, yangi Xperia M2 Aqua smartfoni ham Xperia Z2 kabi suv ostida tasvirlar olishga chidamli, biroq narxi ancha arzonroq bo‘ladi.
Sony Xperia M2 Aqua smartfoni bilan 1,5 metr suv ostida 30 daqiqa davomida tasvirlar olish uchun ruxsat berilgan.
Izoh (0)