Isroilning Tel-Aviv shahridan Chexiyaning Praga shahriga uchayotgan samalyot yo‘lovchilarini iPhone 5 smartfonining yonib ketishi sababli evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Voqea joyida bo‘lganlarning so‘zlariga ko‘ra, Yardin Levi ismli yo‘lovchi samolyot ichida hamyonini ochganda uning iPhone 5 smartfoni yonayotgan va o‘zidan tutun chiqarayotgan bo‘lgan. Smartfon yonayotganini emas, samolyot bortida tutunni ko‘rgan yo‘lovchilar havotirga tushib qolishgan.
Aeroport rasmiylari barchani samolyotdan evakuatsiya qilib, barcha buyumlarni tekshirib chiqishgan. Smartfonning yonib ketishiga nima sabab bo‘lgani aniq emas. Yong‘in tufayli hech kim jarohat olmagan.
Shundan so‘ng, samalyotda uchishi kerak bo‘lgan 150 nafar yo‘lovchi o‘z manzili tomon uchgan, faqat yonib ketgan iPhone aeroportda qoldirib ketilgan.
Izoh (0)