Mechatronics markazida tahsil oladigan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari dunyodagi ilk konveyyerdan ishlab chiqarilgan Ford Model T avtomobil modelini yasamoqda.
Ford Model T avtomobilining ishlab chiqarilishi konveyyer usulidachiqariladigan avtomobillar uchun asos bo‘lgan. U 1908-yil 1-okatabridan 1927-yil 27-mayiga qadar Ford Motor kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Talabalar tomonidan yasalayotgan Ford Model T avtomobili modeli uchun asosan yog‘ochdan foydalanilmoqda. U harakatlanish uchun emas, ko‘rgazma uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi asliniki bilan mayda detallarigacha bir xil bo‘ladi.
Avtomobil modelini yasash ishlari hozirda davom etmoqda. Yaqin kunlarda uning to‘liq bitgan holatdagi suratlarini ham sizlarga taqdim etamiz.
Eslatib o‘tamiz, ushbu markaz a’zolari ixtiro qilgan robot Rossiyada “Eng texnologik robot” deb tan olingan.
Izoh (0)