Norvegiyaning Tromse shahrida davom etayotgan 41-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 8-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Ushbu turda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ispaniyalik dugonalariga qarshi dona surdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Bu safar Sarvinoz Qurbonboyeva sardorligidagi shaxmatchi qizlar yevropalik raqibalariga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Musobaqa yakunlanishiga uch tur qoldi. Hozirda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 10 ochko bilan 29-o‘rinni egallab turibdi.
Sabrina Vega Guteres — Sarvinoz Qurbonboyeva: 1:0
Olga Aleksandrova — Irina Gevorkyan: 0,5:0,5
Anna Matnadze — Sevara Baymuratova: 0,5:0,5
Amaliya Aranaz Murillo — Olga Sobirova: 1:0
Izoh (0)