Avval xabar berganimizdek, Samsung kompaniyasi 3-sentabr kuni Galaxy Note 4 smartfoni taqdim etishi mumkin.
Shuningdek, Sony ham 3-sentabr kuni taqdimot o‘tkazishni rejalashtirdi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Samsung taqdimoti Berlinda o‘tkaziladigan IFA-2014 ko‘rgazmasi oldidan bo‘lib o‘tadi va 3-sentabr kuni soat 14:00da boshlanadi.
Sony taqdimoti ham xuddi Samsung’niki kabi Berlinda, 3-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Biroq boshlanish vaqti soat 16:15 qilib belgilangan.
Sony’ning bu taqdimotida kompaniyaning ilk botiq 4K displeyli televizori, kamera linzasi hamda Xperia Z3 va Z3 Compact smartfonlari taqdim etilishini taxmin qilish mumkin.
Izoh (0)