Rashid Malikovning “Tog‘a” tragikomediyasi Irkutsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Oila davrasida” nomli xalqaro teatr va kino festivalining to‘liq metrajli kino yo‘nalishi Gran-Prisini yutib oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Hissiyotlarimni so‘z bilan yetkazib bera olmayman. Men hayotimda juda kam bunday hayajonlanganman. Nihoyat, mening Irkutskka borish orzum ushaldi”, — deydi rejissor Rashid Malikov.
Hakamlar hay’ati “Tog‘a” filmida bosh rolni ijro etgan Bobur Yo‘ldoshevni “Eng yaxshi aktyor” deb tan oldi.
“Tog‘a”dan tashqari, rossiyalik rejissor Alla Surikovaning bolalar uchun mo‘ljallangan “Polniy vpered” (“Faqat oldingga”) va yana bir rossiyalik rejissor Gennadiy Shaposhnikovning Valentin Rasputin qissasi asosida ishlangan “Posledniy srok” (“So‘nggi muddat”) nomli spektakli “Oila davrasida” xalqaro teatr va kino festivalining bolalar filmlari va teatr postanovkalari yo‘nalishlarida Gran-Pri sovrindorlariga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, “Oila davrasida” nomli xalqaro teatr va kino festivali Rossiyaning Baykal ko‘li bo‘yidagi Irkutsk shahrida 2-avgust, shanba kuni ochilgan edi.
Izoh (0)