O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 30-iyul kuni Oqsaroyda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Lloyd Ostinni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar muhokama qilindi.
Lloyd Ostin O‘zbekiston — AQSh munosabatlarining bugungi holati va bu munosabatlarni o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorlik bildirib, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini ta’kidladi.
Izoh (0)