Ukraina energetika vaziri Yuriy Prodan mamlakatning Rossiya va Yevroittifoq bilan gaz bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarni qayta tiklashga tayyorligini Yevrokomissiya prezidenti o‘rinbosari Gyunter Ettingder bilan bo‘lgan uchrashuvdan avval ma’lum qildi. Bu haqda Segodnya.ua xabar berdi.
Prodan maslahat va muzokaralarni istalgan vaqtda davom ettirishga tayyorligini ta’kidlab, bu borada Gyunter Ettinger bilan ham suhbatlashishini aytdi. Eslatib o‘tamiz, “Gazprom” Ukrainaga 16-iyun kuni oldindan to‘lov tizimini joriy qilib, gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygan edi. Shu kunning o‘zidayoq “Neftogaz” va “Gazprom” Stokgolm Savdo palatasi qoshidagi Arbitraj sudiga da’vo bilan murojaat qilgan.
Izoh (0)