Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Barak Obama AQSh fuqarosi emasligi ehtimoliga amerikaliklarning 40 foizi u yoki bu darajada ishonadi. Bu haqda Rasmussen Reports o‘tkazgan so‘rov darak beradi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

So‘rov ishtirokchilarining 23 foizi prezidentning soxta fuqaroligi haqidagi nazariyani haqiqat deb biladi, 17 foizi bunga unchalik ishonmaydi, 60 foizi uni butunlay rad etadi.

Ta’kidlash joiz, Obama prezident bo‘lish uchun konstitutsion huquqqa ega emasligi haqidagi ilk nazariyalar olti yil avval olg‘a surilgan. Arizonalik sheriff Jozef Arpayo Oq uy saytiga joylangan Obamaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi qalbaki ekanini ta’kidlagan.

Rasmussen Reports so‘rovnomasi amerikaliklar u yoki bu nazariyaga qanchalik darajada ishonishini aniqlash maqsadida o‘tkazildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi