Shaxrisabzdagi XV asrda qurilib, yaqinda rekonstruksiya qilingan uy ichida “Do‘lon” nomli noodatiy mehmonxona ochildi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashriga tayanib, Anhor.uz xabar berdi.
Mehmonxonaning noodatiyligi shundaki, u milliy ruhda jihozlangan 14 qulay xonalardan tashqari, muzeydan iborat. Muzey eksponatlari tarixiy yodgorliklar — sopol buyumlar, zebu ziynat, mato va so‘zanalar bo‘lib, ularning ko‘pi 5—6 asrlik tarixga ega.
Mehmonxona-muzeyning qabulxonasi ham qadimgi hijrada joylashgan bo‘lib, hozirda bu yerda xorijiy mehmonlar ham ro‘yxatdan o‘tmoqda.
Izoh (0)