Alyaskaning sobiq gubernatori va 2008-yilda AQSh vitse-prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lgan Sara Peylin Breitbart nashri uchun yozgan maqolasida Barak Obamani impichment (muddatidan avval iste’foga chiqarish) vaqti kelganligini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qiladi.
“Impichment fursati yetdi. Amerika jamiyatning barcha qatlamlaridagi ishchilar va qonuniy immigrantlar nomidan biz impichmentga ovoz berishga ikkilangan har qanday o‘ng yoki so‘l siyosatchiga faol tarzda qarshilik ko‘rsatishimiz lozim”, — dedi Peylin.
Obamaning noqonuniy immigratsiya bilan kurashish maqsadida Kongressdan qo‘shimcha 3,7 milliard dollar so‘rab murojaat qilgani Sara Peylin tomonidan tanqidga olindi.
“Chegarasiz millat bo‘lmaydi. Obama buni biladi. Chegaralarning noqonuniy immigrantlar oqimi uchun ochilishi atayin uyushtirilgan. Bu Amerikani tubdan o‘zgartirishdir”, — deydi Alyaskaning sobiq gubernatori.
Izoh (0)