9-iyul kuni KXDR Yapon dengizi tomonga kichik masofali ikki ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya hukumatining chorshanba kuni ertalab bergan ma’lumotiga asoslanib “ITAR-TASS” xabar berdi.
Yaponiya Vazirlar mahkamasi bergan axborotga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning janubi-g‘arbiy sohilidan uchirilgan raketalar “Skad” turiga mansub ekani taxmin qilinmoqda. Raketalar 500 kilometr masofaga uchgan. Ma’lumot berilishicha, hech kim jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2-iyul kuni ham ikki kichik masofali raketa Yapon dengiziga qarata uchirilgan edi. 3-iyulda esa KXDR hukumati mamlakatning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Pxungeri poligonida olib borilayotgan faoliyatni to‘xtatib, u yerdagi barcha uskunalarni olib tashlagani xabar qilingan.
Izoh (0)