Ba’zi abituriyentlar “hujjat topshirish uchun biometrik pasport shart ekan” degan mish-mishga ishonib, hujjatlarini almashtirish uchun bergan bo‘lsa, boshqalar pasport muddati tugaganligi uchun uni almashtirishga topshirgan. 2014-yilda abituriyentlarning hujjat topshirishi uchun biometrik pasport shart emas, deb yozadi Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z blogida.
Agarda siz pasport almashtirish uchun hujjatlaringizni IIBga topshirgan bo‘lsangiz-u, lekin hali yangi pasport tayyor bo‘lmagan bo‘lsa va eng asosiysi OTMga hujjat topshirishning eng so‘nпgi sanasi (20-iyul)gacha tayyor bo‘lishiga ko‘zingiz yetmasa, unda quyidagi tartibda hujjat topshirishingiz zarur:
- Pasport almashtirish uchun ariza topshirgan ichki ishlar bo‘limining “Xorijga chiqish, kelish va fuqarolik” bo‘limiga yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida murojaat qilasiz;
- IIB sizga haqiqatdan pasportingizni almashtirish uchun topshirganligingizni tasdiqlab, maxsus 9-shakl (Forma-9) ko‘rinishidagi ma’lumotnoma beradi;
- 9-shaklda sizning suratingiz va pasportda ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar aks ettirilib, ushbu ma’lumotnoma IIBning maxsus muhri bilan tasdiqlanadi;
- Tayyor bo‘lgan 9-shakl vaqtinchalik pasport o‘rnini bosadi;
- Ushbu hujjat bilan bemalol OTMga hujjat topshira olasiz. Qabul komissiyadagilar mazkur ma’lumotnomani “bu o‘tmaydi” deb qaytarishga va qabul qilishni rad qilishga haqli emas.
Izoh (0)