Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning BMTdagi delegatsiyasi “Puch xayol” (House of Cards — “Qartadan yasalgan uy”) seriali prodyuserlariga yangi fasl ikkita epizodini BMT Xavfsizlik kengashi zalida suratga olishni taqiqladi. Bu haqda Rossiya diplomati va serial yaratuvchilari o‘rtasidagi yozishmalarga asoslanib, Look At Me xabar berdi.

BMT Xavfsizlik kengashi zali. Foto: Flickr

BMT Xavfsizlik kengashi zali. Foto: Flickr

Rossiya tomonining fikricha, Xavfsizlik kengashi xonasi kutilmagan tangliklar yuzaga kelgan taqdirda majlis o‘tkazish uchun doimo ochiq bo‘lishi zarur.

Bundan avval BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun idorasi zalda serialni suratga olishga ruxsat berish taklifini kiritgan edi. Ular ushbu seriyalar jamoatchilikni BMT va Xavfsizlik kengashi faoliyati bilan tanishtirishini ta’kidlagan edi.

Endi serial prodyuserlarida syomkalarni BMT bosh qarorgohida o‘tkazish imkoniyati qoldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda