Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2013-yilda tanlov erkinligi va hayot imkoniyatlaridan eng mamnun mamlakatlar Yangi Zelandiya (94%) hamda Avstraliya, Kamboja, Shvetsiya (93 foizdan) bo‘ldi. Bu haqda Gallup World tadqiqot tashkilotiga tayanib, “Anhor” nashri xabar berdi.

Foto: anhor.uz

Foto: anhor.uz

BAA, Avstriya, Niderlandiya va O‘zbekiston 92 foiz ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Kanada, Ispaniya, Finlyandiya va Daniya to‘rtinchi pog‘onaga joylashdi: ushbu mamlakatlar fuqarolarining 91 foizi o‘z erkinliklaridan qoniqishini bildirgan.

AQShda 2006-yilda 91 foiz aholi o‘z erk va imkoniyatlaridan mamnun bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib ushbu ko‘rsatkich 79 foizgacha tushib ketgan (36-o‘rin).

Hayotdan norozi fuqarolar soni bo‘yicha esa Misr yetakchilik qilmoqda (34%). Undan keyingi o‘rinlarni Gretsiya (30%), Italiya (24%), Venesuela (20%), Kipr (17%) va boshqalar egalladi.

Reyting 120 mamlakatning har birida mingga yaqin kishilardan olingan so‘rov natijasida tuzilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin savdo-iqtisodiy hamkorlik masalasini muhokama qildi
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)