Kubada avtomobil sotib olishga doir barcha cheklovlarni bekor qiluvchi yangi qonun yil boshida kuchga kirgach, olti oy davomida 50 ta avtomobil va to‘rt mototsikl sotildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Bunday kam ko‘rsatkich narxlarning nihoyatda balandligi bilan izohlandi. Birgina Havana Peugeot dilerlik kompaniyasi o‘zining 206 modelini 2013-yilda 91 ooo dollarga baholagan bo‘lsa, bu yil Peugeot 508 modelini 262 000 dollar deb belgiladi.
Mamlakatning 11 dilerlik kompaniyasi jami 1,28 million dollarga yaqin savdo qildi. Kuba hukumati bu pullarning 75 foizini jamoat transport tizimini yaxshilash uchun sarflashini aytib o‘tgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil aholi orasida avval foydanilgan, o‘rtacha narxi 23 759 dollar bo‘lgan avtomobil va mototsikllarni sotib olish ko‘proq kuzatilmoqda.
Izoh (0)