“Turkiston” saroyida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng faol jurnalisti—2013” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ommaviy sport targ‘iboti bo‘yicha faollik ko‘rsatgan jurnalistlarga sovg‘a va diplomlar topshirildi.
Mukofotlanganlar nomidan so‘zga chiqqan “Yoshlar” teleradiokanali muharriri Mohigul Azimova, “Erkin Qaraqalpaqstan” gazetasi muxbiri Adilbay Orazov, “Pravda Vostoka” gazetasi muxbiri Viktoriya Abdurahimova davlat rahbariga soha rivoji yo‘lida ko‘rsatayotgan e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
San’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi.
Bundan tashqari, Toshkentning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun bayram sayli tashkil etildi.
Izoh (0)