Toshkentning “Lokomotiv” klubi yozgi davralar oralig‘idagi tanaffusda Avstriyada yig‘in o‘tkazadi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.

Foto: 99sportslogos.com

Foto: 99sportslogos.com

“Temiryo‘lchilar” yig‘in davomida Dortmundning “Borussiya” (Germaniya) klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi belgilab olingan.

Ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi Moskvaning “Torpedo” jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Shuningdek klub Avstriya yig‘ini davomida yana bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan. Hozircha bu uchrashuv qaysi jamoaga qarshi o‘tkazilishi aniq emas.