Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

20-iyun, juma kuni Turkmanison poytaxti Ashxoboddagi “Paraxat — 7” mikrorayonida aholi va hukumat vakillari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Mansabdorlar ko‘p qavatli uylarda yashovchi odamlardan konditsionerlarini olib tashlashni talab qilgan. Shahar hukumatining fikricha, ular binoning tashqi qiyofasini xunuklashtiradi. Bu haqda “Turkmaniston xronikasi” nashri xabar berdi.

“Paraxat — 7” mikrorayoni. Foto: chrono-tm.org

“Paraxat — 7” mikrorayoni. Foto: chrono-tm.org

Harorat 45 darajagacha ko‘tarilayotgan jazirama kunlarda beton uylarda konditsionersiz qolishni istamagan aholi bunga norozi bo‘ldi.

Ko‘chaga erkaklar va ayollar chiqib, konditsionerlarni kuch bilan olib tashlamoqchi bo‘lgan tuman hokimligi va uy boshqaruvi ishchilarini quvib solgan. Vaziyatdan xavfsiragan mansabdorlar politsiyani chaqirgan. Namoyishchilar politsiyani ham g‘azab bilan kutib olib, ularga qarg‘ishlar bilan birga tosh ham uloqtirgan.

Ularga bitta yuk mashinasida harbiylar va milliy xavfsizlik vazirligi yordamga kelgan. Konditsionerlarga tegmaslikka va’da berganlaridan so‘nggina xalq tinchlangan.

“Paraxat — 7” mikrorayoniga uylari buzilgan ashxobodliklarni joylashtirishgan. Ular shahar markazidagi qulay uylaridan shahar chekkasiga ko‘chirilgan. Kimlargadir kichikroq maydonga ega uy tekkan, biroq ularga hech qanday tovon puli to‘lanmagan. Ushbu hududdagi ko‘pchilik yangi uylarda kanalizatsiya quvurlari ishdan chiqqan, doimiy namlikdan xonalar mog‘or bosgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov Turin klubidan jiddiy taklif kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 3-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda
Mahalliy
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlaridagi xonadonlar buzilib, chegarani mustahkamlash obyektlari quriladi