Facebook’da yuz bergan nosozlik oqibatida kompaniya 500 ming dollar yoqotdi. Bu haqda AQShning Forbes nashri xabar berdi.
Nosozlik 19-iyun, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan taxminan 12:55 da boshlangan va taxminan yarim soat davom etgan. Bu vaqt oralig‘ida 800 millionga yaqin Facebook’ning kundalik foydalanuvchilari o‘z sahifalariga kira olmay qolgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Facebook soatiga 1,16 million dollar ishlab topadi. Facebook 2014-yili boshqa kompaniyalarni sotib olish uchun 20 milliard dollarga yaqin pul sarflagan.
Izoh (0)