Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

11-iyun, chorshanba kuni Pokistonda Amerikaning uchuvchisiz uchar qurilmalari ishtirokida operatsiya o‘tkazilgani, natijada 16 nafar jangari yo‘q qilingani hukumat noroziligiga sabab bo‘ldi va uni mamlakat suverenitetini buzish deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

AQShning uchuvchisiz uchar qurilmasi Pokiston shimoli-g‘arbidagi Shimoliy Vaziriston hududida joylashib olgan jangarilarga ikki marta hujum uyushtirdi, natijada ularning 16 nafari halok bo‘ldi.

Operatsiyadan keyin Pokiston Tashqi ishlar vazirligi qisqa bayonot berib, avahujumlarni “Pokiston suvereniteti va hududiy yaxlitligining buzilishi” deb atadi. “Bundan tashqari, hujumlar hukumatning mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishga urinishiga salbiy ta’sir qiladi”, — deyiladi xabarda.

Pokiston TIVning aytishicha, mamlakatning bunday operatsiya o‘tkazishni so‘rab AQShga murojaat qilgani “shunchaki mish-mish”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati