O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Maxachqal’aning “Anji” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov “Krasnodar” klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
Avvalroq, Odil Ahmedovning shartnoma tuzish uchun “Krasnodar” klubi ofisiga kelgani haqida xabar berilgan edi. Shartnoma imzolangani to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumot ertaga beriladi.
Ahmedovning transferi 8 million yevroga baholanmoqda.
Ta’kidlash joiz, “Krasnodar” klubi yangi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etadi. “Anji” esa Rossiya Birinchi ligasida mavsumni boshlaydi.
Izoh (0)