Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston intellektual mulk agentligi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistonning savdo belgisini tasdiqladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati tarqatgan axborotga asoslanib, Gazeta.uz xabar berdi.

O‘zbekistonning sayyohlik brendi. Foto: gazeta.uz

O‘zbekistonning sayyohlik brendi. Foto: gazeta.uz

Sayyohlik brendiga patent olish uchun ariza 2013-yil iyul oyida berilgan. 2014-yilning may oyida rasmiy maqomni olgan bo‘lsa-da, logotipdan bungacha ham turli sayyohlik tadbirlarida muntazam foydalanib kelinayotgan edi.

Logotip Uzbekistan yozuvi, tog‘lar chizmasi, yangi chiqqan oy va gumbazdan iborat. Unda ko‘k, qizil, yashil va to‘q sariq ranglardan foydalanilgan. Logotipdagi yozuv muhofaza qilinmaydigan elementga oid, deb yozadi “Kun”.

Ushbu belgidan ixtisoslashgan tadbirlarda, milliy stendlarda, shuningdek, sayyohlik kompaniyalari tomonidan o‘z reklama mahsulotlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi 
Dunyo
Ozarbayjon o‘z fuqarolarini Eronga bormaslikka chaqirdi
Iqtisodiyot
O‘zbek so‘mi 2022-yilda dollarga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi. Milliy valyutaning almashuv kursi qanday o‘zgardi?