O‘zbekiston intellektual mulk agentligi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistonning savdo belgisini tasdiqladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati tarqatgan axborotga asoslanib, Gazeta.uz xabar berdi.
Sayyohlik brendiga patent olish uchun ariza 2013-yil iyul oyida berilgan. 2014-yilning may oyida rasmiy maqomni olgan bo‘lsa-da, logotipdan bungacha ham turli sayyohlik tadbirlarida muntazam foydalanib kelinayotgan edi.
Logotip Uzbekistan yozuvi, tog‘lar chizmasi, yangi chiqqan oy va gumbazdan iborat. Unda ko‘k, qizil, yashil va to‘q sariq ranglardan foydalanilgan. Logotipdagi yozuv muhofaza qilinmaydigan elementga oid, deb yozadi “Kun”.
Ushbu belgidan ixtisoslashgan tadbirlarda, milliy stendlarda, shuningdek, sayyohlik kompaniyalari tomonidan o‘z reklama mahsulotlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Izoh (0)