Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vladimir Putin fikricha, fashizmga qarshi birgalikdagi urush xotirasi aksilgitlerlik koalitsiyasi bo‘yicha ittifoqdosh mamlakatlarning kelajakda o‘zaro hamkorlik o‘rnatishlariga yordam beradi.

Foto: Euronews

Foto: Euronews

Payshanba kuni Parijda Putin Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi, deya xabar berdi Euronews.

“Vaziyatni o‘zgartirish kerak, — dedi Kemeron. — Buning uchun rossiyaliklar yangi prezidentni uzil-kesil tan olishi, u bilan uchrashishi kerak. Urushni tinchitish, qurol-yarog‘ va odamlarning chegaradan o‘tishlarini to‘xtatish zarur”.

Ayni paytda Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Pyotr Poroshenko Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashdi. U o‘zining lavozimga kelishi bilan Ukrainadagi vaziyatni tartibga solishning yangi imkoniyatlari paydo bo‘lishini ta’kidladi.

Poroshenko shuningdek, Normandiyadagi tantanali marosimda Putin va G‘arb yetakchilari bilan birga ishtirok etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi