Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samsung kompaniyasi Tizen operatsion tizimida ishlovchi o‘zining yangi smartfoni — Samsung Z’ni 3-iyun kuni San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan Tizen Developer Conference anjumanida taqdim etadi. Bu haqda Interfax xabar berdi.

Foto: app2top.ru

Foto: app2top.ru

Yangi smartfon 4,8 dyuymli  Super AMOLED ekran, 8 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlanadi. Unda barmoq izi skaneri ham bor. Samsung Z ikki xil — qora va tilla ranglarda chiqariladi.

Kompaniyadagilar ta’kidlashicha, Tizen’dan foydalanish natijasida ishlash tezligi oshadi, bir vaqtning o‘zida ko‘p funksiyalardan foydalanish mumkin bo‘ladi, veb-sahifalarni ko‘rish ham tezlashadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Samsung o‘zining Galaxy Gear “aqlli” soatidagi Android operatsion tizimini Tizen’ga almashtirishni boshladi.

Yangilash ko‘rinishida yuklab olinadigan operatsion tizim 2.2 versiyasiga ega. Soatda OT to‘liq o‘zgartirilsa-da, interfeys o‘z holicha qoladi. “Apdeyt”ning bitta yomon tomoni shundaki, qurilmadagi ma’lumotlarning barchasi o‘chib ketadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi