Microsoft kompaniyasi fon rejimida foydalanuvchi yurak urishini doimiy ravishda kuzatib boradigan “aqlli” soat ustida ishlamoqda. U Windows Phone, iOS va Android tizimlarida ishlovchi smartfonlar bilan sinxronlashtirila oladi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Qurilmaga Xbox Kinect bo‘linmasida ishlab chiqiladigan sensorlar o‘rnatiladi. Soat erta-yu kech foydalanuvchining pulsini o‘lchaydi, biroq akkumulyator ikki kunga yetadi.
Soatning yana bir o‘ziga xos jihati shundan iborat bo‘ladiki, u nafaqat Windows Phone, balki boshqa raqobatdosh operatsion tizimlar — iOS va Android’da ishlaydigan qurilmalar bilan ham integratsiyalasha oladi.
Qurilmaning qachon chiqarilishi noma’lum, biroq u shu yilning yozidayoq taqdim etilishi mumkin.
Izoh (0)