Google kompaniyasi dunyoning olis mintaqalariga internetni tarqatish uchun sun’iy yo‘ldoshlarga 1 milliard dollar sarflamoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Ushbu loyiha doirasida dastlab 180 ta kichik, biroq kuchli yo‘ldoshlar ishga tushiriladi. Ular oddiy yo‘ldoshlardan ko‘ra pastroq balandlikda joylashadi.
Loyihani Google’ga yaqinda kelib qo‘shilgan O3b Networks Ltd startapi asoschisi Greg Uayler rahbarlik qiladi. Loyihaga 1 milliarddan 3 milliardgacha mablag‘ sarf etilishi mumkin.
Kompaniya maqsadi olis mintaqalardagi yuz millionlab kishilarga internetga kirish imkoniyatini yaratib berishdan iborat, deyiladi xabarda.
Izoh (0)