Misrdagi prezidentlik saylovlarida sobiq mudofaa vaziri Abdulfattoh as-Sisiy g‘alaba qozondi. Bu haqda Al-Arabia xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, 8 million byulleten hisob-kitobiga ko‘ra, as-Sisiy prezident saylovlarida saylovchilarning 93,4% ovozini qo‘lga kiritgan.
“Kun”ning ma’lum qilishicha, avvalroq, Misrda uch kun davom etgan prezidentlik saylovlari yakuniga yetgani haqida xabar berilgan.
Misrdagi prezidentlik saylovlarida faqat ikki nomzod – feldmarshal Abdulfattoh as-Sisiy va so‘l kuchlar vakili Hamdin Sabbohiy davlat rahbari o‘rni uchun kurash olib bordi.
Saylovlarning o‘zi 26-may kuni boshlangan edi. Saylov jarayoni ikki kun davom etishi kerak edi, biroq saylovchilarning kam kelgani sabab, saylovlarni yana bir kunga uzaytirish haqida qaror qabul qilingan edi.
Izoh (0)